MMIT’26 Xalqaro konferensiyasi maqolalar qabul qilishni e’lon qiladi. Maqolalar 30 May 2026 yilgacha mazkur tizim orqali qabul qilinadi.
«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti 2026 yil 6 Iyun kuni «Ta'limning zamonaviy uslulari va innovatsion texnologiyalar» navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazishni rejalashtirgan.
Konferentsiyada oliy ta'lim muassasalar professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari ishtirok etishlari va quyidagi sho‘balar bo‘yicha maqolalarni topshirishlari mumkin:
- Ta'limda innovatsiyalar, pedagogika, raqamli ta’lim va STEAM: rivojlanish tendentsiyalari, muammolar, istiqbollar.
Ushbu sho‘ba zamonaviy ta’lim tizimining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Unda ta’limni tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, shuningdek, raqamli transformatsiya va STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi muhokama qilinadi. Raqamli transformatsiya va innovatsion pedagogika, inklyuziv ta’lim va xalqaro hamkorlik, pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalari, xalqaro tajriba, ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalari, shuningdek, raqamli va akademik shaffoflik masalalariga bag‘ishlangan.
- Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, dasturiy injiniring va sun’iy intellekt.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va ularning eng ilg‘or yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Dasturiy ta’minot va kompyuter muhandisligining fundamental tamoyillari, mobil ilovalarni ishlab chiqishga zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, sun’iy intellektni (SI) turli sohalarda qo‘llashning amaliy jihatlari muhokama qilinadi. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish, mashinali o‘rganish (Machine learning), chuqur o‘rganish (Deep learning), katta ma’lumotlar (Big Data), mobil ilovalar va tizimlar bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.
- Differensial tenglamalar va matematik modellashtirish.
Amaliy matematika va matematika fizika muammolariga bag‘ishlangan. Unda matematika va fizik jarayonlarning matematik modellari muhokama qilinadi. Ekologiya, neft gaz, yer osti suvlari va suyuklik filtrlari kabi bugungi kundagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
- “Yashil iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari: ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlik integratsiyasi”
Ushbu sho‘ba yashil texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida iqtisodiyotning turli sohalarida (marketing, menejment, moliya, logistika va boshqalar) yuz berayotgan transformatsion jarayonlar, biznesni ekologiyalashtirish, resurs tejovchi yechimlar hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan.
- “Raqamli transformatsiya va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi: nazariya, institutsional sharoitlar va zamonaviy texnologik yechimlar.”
Ushbu sho‘ba global modernizatsiya sharoitida iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi va innovatsion rivojlanishi, moliya, marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, logistika va boshqa iqtisodiy sohalarni raqamlashtirish tendensiyalariturli sohalarni raqamlashtirish tendensiyalari hamda raqamli texnologiyalar asosida raqobatbardoshlik va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini qamrab oladi.
MUALLIFLAR UCHUN MA’LUMOT
Maqola jo’natish – 30.05.2026 gacha. Maqolalar https://mmit.tiue.uz orqali taqdim etiladi.
Konferenciyaga ro’yxatdan o’tish - Ishtirokchi onlayn formasini to’ldirish, quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://forms.gle/zhqSnFkLpmo7Ti1HA
Konferensiyaga qabul qilingan maqolalar Google Scholar boshqa ochiq bazalarda indeksatsiyalanadigan onlayn platformasi https://mmit.tiue.uz da hamda MMIT Proceedings maqolalar to’plamida nashr qilinadi. Maqolalar ingliz, o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi, hajmi kamida 3 bet (A4 formatda) va namuna bo‘yicha rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Konferentsiya yo’nalishlariga hamda rasmiylashtirish talablariga mos kelmaydigan maqolalar rad etiladi. Muallif maqoladagi ma'lumotlar uchun mas'ul. Bitta muallif 2 tagacha maqola taqdim etishi mumkin. Konferensiyada ishtirok hamda maqolalar chop qilish uchun to’lov mavjud emas.