Raqamli transformatsiya va kadrlar boshqaruvi: texnologiyalar inson resurslariga munosabatni qanday o‘zgartirmoqda?
Referat
Ushbu maqolada raqamli transformatsiyaning inson resurslarini boshqarish sohasiga ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamlashuv jarayonlari sharoitida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining, xususan, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi kadrlar boshqaruvi tizimini tubdan o‘zgartirmoqda. An’anaviy usullar o‘rnini ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish, xodimlar samaradorligini tahlil qilish, virtual o‘quv platformalari orqali malaka oshirish hamda masofaviy ishlash kabi innovatsion yondashuvlar egallamoqda. Maqolada, shuningdek, raqamli muhitda HR mutaxassislarining funksiyalari va ularga qo‘yiladigan yangi talablar — jumladan, raqamli savodxonlik, moslashuvchanlik va strategik fikrlash kompetensiyalarining ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari raqobatbardosh tashkilotlarda inson kapitalini samarali boshqarish uchun raqamli yechimlardan foydalanish zarurligini ilmiy asosda yoritib beradi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Sh. M. Mirziyoev. – «Yangi O‘zbekiston strateriyasi». – T.: Yangi O‘zbekiston nashriyoti, 2021. – 73 b. [1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi «Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 sentyabrdagi «Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori.
United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization. – «Reimagining our futures together: A new social contract for education». – France, 2021. – 20–36 b. [2]
Ulrich, D., Brockbank, W., Johnson, D., Sandholtz, K., & Younger, J. (2008). HR competencies: Mastery at the intersection of people and business. Society for Human Resource Management. [3]
D. Karimova. – «Raqamli transformatsiya sharoitida kadrlar siyosatini takomillashtirish yo‘llari». – Iqtisodiyot va Ta’lim, 2(1), 45–50 b. [4]
D. Karimova. – «Raqamli transformatsiya sharoitida kadrlar siyosatini takomillashtirish yo‘llari». – Iqtisodiyot va Ta’lim, 2(1), 45–50 b. [5]
OECD. (2021). Skills for a digital world. Organisation for Economic Co-operation and Development. [6]
World Economic Forum. Beyond Fintech: A Pragmatic Assessment Of Disruptive Potential In Financial Services, 2017.