Umumiy ma'lumot
“Ta’limda zamonaviy metodlar va innovatsion texnologiyalar” (MMIT) ilmiy-amaliy konferensiyasi “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetida an’anaviy ravishda har yili o‘tkaziladigan ilmiy tadbir bo‘lib, ta’lim sohasidagi ilmiy va amaliy yutuqlar bilan almashish, o‘quv jarayoniga zamonaviy metodikalar, raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb muammolarni muhokama qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Konferensiyada pedagoglar, olimlar, magistrlar va talabalar, shuningdek, ta’limning zamonaviy usullari va innovatsion texnologiyalariga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiya offline, masofaviy yoki aralash shaklda o‘tkazilishi mumkin va yalpi majlislar, sho’ba ma’ruzalari, master-klasslar, davra suhbatlari va loyiha taqdimotlarini o‘z ichiga oladi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha materiallar to‘plami nashr etiladi va ushbu platformaga joylashtiriladi.