«MMIT» - "Tashkent International University of Education" xalqaro universiteti tomonidan har yil o'tkaziladigan an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

Konferensiyaning maqsadi va qamrovi
Pedagogika va ta'lim sohalarida, aniq va tabiiy, texnika fanlari bo'yicha fundamentlar, nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda turli yo'nalishlar bo‘yicha fanlararo izlanuvlar natijalarini nashr qilishdan iborat.

Nashrning tili
Jurnal va undagi maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarda nashr qilinadi.

Konferensiyaning foydalanish uchun ochiqligi
Konferensiyaning nashr etilgan to'plamlari va maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul. E'lon qilingan to'plamlar saytining arxiv bo‘limida joylashtirilgan.

Taqrizlash siyosati
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar plagiatga tekshiruvdan o‘tadi va maqolaning muallifi ko‘rsatilmagan holda soha mutaxassislariga taqrizlash uchun yuboriladi.

Nashrning davriyligi
To'plam konferensiya natijalari bo'yicha bir yilda bir marotaba nashr qilinadi. Tahririyatning qaroriga muvofiq to'plamning qo‘shimcha va maxsus sonlari e'lon qilinishi mumkin.