Yashil iqtisodiyotga o‘tishda qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi

Qabul qilingan: 2026-05-30

Nashr etilgan: 2026-06-06

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. 2021-2025-yillardagi statistik ma’lumotlar asosida suv tejovchi sug‘orish tizimlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, raqamli va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish suv resurslari sarfini 30-60 foizga, elektr energiyasi iste’molini 40-50 foizga kamaytirish imkonini beradi. 2025-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zagrolizing orqali jami 4 trillion 316 milliard so‘mlik texnikalar lizing asosida yetkazib berilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 176 foizga oshgan. Suv tejovchi texnologiyalar qo‘llaniladigan maydonlar 75 ming gektarni tashkil etib, subsidiyalar hisobiga 1 gektar maydon uchun 6-8 million so‘m kompensatsiya ajratilmoqda. “Xorazm tajribasi” asosida nasos agregatlarini quyosh panellariga o‘tkazish 40 gektar paxta maydonida yiliga 33,7 million so‘m elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

Adabiyotlar ro'yxati

  1. Hayitov, J. X., & Umarov, I. M. Green technologies and their impact on economic efficiency. International Journal of Political Sciences and Economics, 2025, 1(2), 150–155.

  2. Asamov, R. B. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar. Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Ilmiy-uslubiy jurnali, 2025, 2(1), 24-28.

Mualliflar haqida

Dildora Saidova
Nasulloyeva Malika

Litsenziya

Qanday iqtibos keltirish kerak

Yashil iqtisodiyotga o‘tishda qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi. (2026). MMIT Proceedings, 258-262. https://doi.org/10.61587/

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari