Mustaqil trayektoriyali obyektlarni qayta identifikatsiyalash masalasi
Qabul qilingan: 2025-05-20
Nashr etilgan: 2026-06-06
Annotatsiya
Ko‘p obyektli kuzatuv (Multi-Object Tracking, MOT) tizimlari zamonaviy kompyuter ko‘rish va sun’iy intellekt sohalarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ular real vaqtda harakatlanayotgan bir nechta obyektlarni aniqlash va ularni kuzatib borishga mo‘ljallangan. Ko‘p obyektli kuzatuv tizimlari nafaqat obyektni aniqlash, balki uni vaqt bo‘yicha ketma-ket kadrlar orqali identifikatsiyalash imkonini beradi. Shunga qaramay, ko‘p obyektli kuzatuv tizimlarining aniqligi va ishonchliligi bir qator texnik muammolar bilan cheklanadi. Xususan, obyektlarning bir-birini to‘sib qo‘yishi (occlusion), ya’ni bitta obyekt vaqtincha boshqa obyekt yoki fon tomonidan yashirilishi, kuzatuv aniqligini pasaytiradi. Bunday holatlarda, kuzatuv tizimi obyektni yo‘qotib qo‘yishi yoki boshqa obyekt bilan chalkashtirib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, obyektlar vaqtincha kameraning ko‘rish doirasidan chiqib ketishi yoki yorug‘lik, harakat tezligi, fonning murakkabligi kabi omillar ham kuzatuvning aniqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida zamonaviy ko‘p obyektli kuzatuv tizimlarida chuqur o‘rganish (deep learning), konvolyutsion neyron tarmoqlar (CNN), rekurrent neyron tarmoqlar (RNN), transformer arxitekturasi, obyektni re-identifikatsiyalash (Re-ID) texnologiyalari kabi ilg‘or algoritmlardan foydalaniladi. Ayniqsa, obyektlarning harakat trayektoriyalarini bashorat qilish, shuningdek, vaqtincha yo‘qolgan obyektlarni aniqlash va qayta tiklash uchun modellar keng qo‘llanmoqda.
Kalit so‘zlar
Adabiyotlar ro'yxati
-
Qiankun Liua,1, Dongdong Chenb,1, Qi Chua,∗, Lu Yuanb, Bin Liua, Lei Zhangc, Nenghai Yua. Online Multi-Object Tracking with Unsupervised Re-Identification Learning and Occlusion Estimation. January 4, 2022.
-
Babaee, M., Li, Z., Rigoll, G., 2019. A dual cnn–rnn for multiple people tracking. Neurocomputing 368, 69–83.
-
Bergmann, P., Meinhardt, T., Leal-Taixe, L., 2019. Tracking without bells and whistles, in: IEEE International Conference on Computer Vision, pp. 941–951
Mualliflar haqida
Litsenziya

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.