RENTGEN TOMOGRAFIYASIDA CHEKLANGAN MA'LUMOTLAR SHAROITIDA TASVIRNI TIKLASHNING MATEMATIK MODELLARI VA ITERATSION ALGORITMLARI
Qabul qilingan: 2026-05-16
Nashr etilgan: 2026-06-06
Annotatsiya
Rentgen kompyuter tomografiyasi (KT)da tasvirni tiklash masalasi ko‘pincha cheklangan ma’lumotlar sharoitida (kam burchakli proyeksiyalar, qisqa skan vaqti, past doza yoki qisman ko‘rish maydoni) yechiladi. Bunday holatda klassik filtrlangan orqaga proyeksiya (FBP) usuli artefaktlar va shovqin kuchayishi sababli barqaror natija bermaydi. Ushbu maqolada cheklangan ma’lumotlar sharoitida rekonstruksiya uchun matematik modellar va iteratsion algoritmlar tahlil qilinadi hamda ularning amaliy samaradorligi muhokama etiladi. Asosiy e’tibor algebraik rekonstruksiya oilasiga mansub ART (Algebraic Reconstruction Technique), SIRT (Simultaneous Iterative Reconstruction Technique) va SART (Simultaneous Algebraic Reconstruction Technique) usullariga qaratiladi. Shuningdek, ill-posed teskari masalani barqarorlashtirish uchun Tikhonov regularizatsiyasi va onunig parametr tanlash tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Simulyatsiya va tajriba ma’lumotlari asosida iteratsiyalar soni, shovqin darajasi va proyeksiya yetishmasligi rekonstruksiya aniqligiga qanday ta’sir qilishi metrikalar (RMSE, PSNR, SSIM) orqali baholanadi. Natijalar iteratsion yondashuvlar cheklangan ma’lumotlarda artefaktlarni kamaytirishi, biroq regularizatsiya va to‘xtash mezonlari noto‘g‘ri tanlansa, silliqlanish yoki shovqin kuchayishi yuz berishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar
Adabiyotlar ro'yxati
-
Kak, A. C., & Slaney, M. (2001). Principles of Computerized Tomographic Imaging. SIAM.
-
Natterer, F. (2001). The Mathematics of Computerized Tomography. SIAM.
-
Herman, G. T. (2009). Fundamentals of Computerized Tomography: Image Reconstruction from Projections (2nd ed.). Springer.
-
Gordon, R., Bender, R., & Herman, G. T. (1970). Algebraic reconstruction techniques (ART) for three-dimensional electron microscopy and X-ray photography. Journal of Theoretical Biology, 29(3), 471–481.
-
Andersen, A. H., & Kak, A. C. (1984). Simultaneous algebraic reconstruction technique (SART): A superior implementation of the ART algorithm. Ultrasonic Imaging, 6(1), 81–94.
-
Gilbert, P. (1972). Iterative methods for the three-dimensional reconstruction of an object from projections. Journal of Theoretical Biology, 36(1), 105–117.
Mualliflar haqida
Litsenziya

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.