TA’LIM TIZIMI ISTIQBOLIDA ZAMONAVIY ALOQA-KOMMUNIKATSIYASI, GEOAXBOROT VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALARNING ETIK ME'YORLARI
Qabul qilingan: 2026-09-02
Nashr etilgan: 2026-06-06
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda zamonaviy texnologik taraqqiyot, xususan, sun’iy ong (SO) va geoaxborot texnologiyalari (GAT) rivojlanishining huquqiy va etik me’yorlardan oʻzib ketishi natijasida yuzaga keladigan “etika boʻshligʻi” muammosi tarixiy va ilmiy tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan ushbu muammoning yechimi sifatida ta’lim tizimi istiqbolida mutanosiblikni ta’minlovchi proaktiv paradigma – TA-GE-SO-TEX (Ta’lim – Geoaxborot – Sun’iy ong – Texnologiya) konseptual modeli taklif etilgan. Tadqiqot doirasida ekotizimning barqarorligini, axborot maxfiyligini va akademik halollikni ta’minlashga qaratilgan, Lotka-Volterra tipidagi oʻzaro bogʻliq dinamik ifodalar, differensial tenglamalar va chegaraviy shartlarini oʻz ichiga olgan uch qatlamli matematik model ishlab chiqilgan. Shuningdek, modelning etika, ta’lim, ekologiya, huquq, pedagogika, axborot, texnologiya va estetika kabi 8 ta asosiy tarkibiy qismlari iyerarxik tizimda asoslab berilgan. Maqolaning amaliy ahamiyati Oʻzbekiston ta’lim tizimi uchun aqlli, xavfsiz va hududiy-fazoviy jihatdan muvozanatlashgan raqamli muhitni yaratish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar
Adabiyotlar ro'yxati
-
Djumanov, J.X., Yusupov, R.A., Axralov, Sh.S., Ishanxodjayev, O. Geoaxborot tizimlarini telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoʻllanilishi. Muhammad al-Xorazmiy avlodlari ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jurnali, -Toshkent, TATU, 2020. №1(10), 45-50.
-
Djumanov J.X., Abduvaitov A.A., Rahmatullayeva N.O., Rajabov F.F. Yer osti suvlarining ma’lumotlarini geoaxborot tizimi orqali monitoring qilish algoritmi va dasturiy ta’minoti. “Sanoatga yoʻnaltirilgan taʻlim va sunʻiy intellekt texnologiyalarini integratsiyalash: muammo va yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani maʻruzalar toʻplami, TATU Samarqand filiali, 2025. B.77-78.
-
Djumanov J.X., Xaitov N., Siddiqov M., Normatova F., G‘apparova K. The role of geo-information systems in the electromagnetic environment issues of telecommunication systems. International Scientific Journal "Science and Innovation", 2022. Series A, Vol. 1, Issue 8, 25-31.
-
Zaynidinov X.N., Djumanov J.X., Irgasheva D.Y., Normurodov J. Syniy intelektning rivojlanish bosqichlari. -T., O’quv qo’llanma. TATU. 2025. 151 c.
-
Zaynidinov X.N., Axmedov B.A. (2024). Sun’iy intellekt texnologiyalarining raqamli ta’lim muhitidagi oʻrni va akademik halollik muammolari. Axborot texnologiyalari va integratsiyalashgan ta’lim tizimlari jurnali, 3(2), 112-118.
-
Safarov A. M., Gʻoyibov T. Sh. (2023). Raqamli ta’lim ekotizimida xavfsizlik va geolokatsion maxfiylikni tartibga solish mexanizmlari. Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik masalalari, №4, 88-94.
-
Babadjanov A.F., Abraqulova N.I. (2025). Oliy ta’lim muassasalarida geo-axborot va masofaviy ta’lim resurslarini fazoviy monitoring qilish metodologiyasi. Raqamli texnologiyalar va innovatsion ta’lim muammolari, 2(1), 54-61.
Mualliflar haqida
Litsenziya

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.